<?xml version="1.0" encoding="UTF-8"?><song><aka>Yaratgan Sevar</aka>
<title>U sevar sen Uni sevmaganda ham</title>
<lyrics>[C1]
   U sevar, sen Uni sevmaganda ham!
   U kelar, sen Uni kutmaganda ham!

[V1]
 Seni balki hech kim sevmaydi
 Hatto sevmasdirsan oʻzingni oʻzing
 Senga sevgi yaqin kelmadi
 Hatto bilmasdirsan u nima oʻzi
 Shundan senga tushkunlik hamroh
 Topilsaydi najotkor bir zot

[V2]
 Lekin seni sevuvchi Zot bor
 Zarradek chogʻingda seni asragan
 Uning senga iltifoti yor
 Sevimli bandam deb seni atagan!

[V3]
 Ota bagʻri nedir bilmassan
 Bilmassan ne Uning mehrli koʻzi
 Yorning iltifotin bilmassan
 Bilmassan nedir singil madadli soʻzi
 Shundan senga yolgʻizlik hamroh
 Hech kimga keragim yoʻq nahot?

[V4]
 Lekin seni sevuvchi Zot bor
 Zarradek chogʻingda seni asragan
 Uning senga iltifoti yor
 Sevimli bandam deb seni atagan!

[C2]
   U sevar, sen Uni sevmaganda ham!
   U kelar, sen Uni kutmaganda ham!

[V5]
 Lekin seni sevuvchi Zot bor
 Zarradek chogʻingda seni asragan
 Uning senga iltifoti yor
 Sevimli bandam deb seni atagan!</lyrics>
</song>